Orqaga

Foydalanuvchilar uchun ommaviy oferta

Yemak.uz - taom yetkazish xizmatining ommaviy ofertasi

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-370 moddalariga muvofiq mazkur xujjat quyidagilarni tuzish uchun ommaviy oferta hisoblanadi:

  • Operator va Isteʼmolchi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1036-moddasi bilan tartibga solinadigan va bepul hisoblanadigan Foydalanish kelishuvi;

  • Bajaruvchi va Isteʼmolchi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 29-bobi bilan tartibga solinadigan va haq to‘lash evaziga bajariladigan Chakana oldi-sotdi shartnomasi;

  • Kuryer va Isteʼmolchi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 38 bobi bilan tartibga solinadigan va haq to‘lash evaziga bajariladigan Yetkazib berish xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma.

Buyurtmachi Operator platformalarida ro‘yxatdan o‘tishdan va buyurtma rasmiylashtirishdan oldin mazkur oferta bilan tanishib chiqishga majbur.
Operator mazkur oferta bilan Bajaruvchi va Kuryer nomidan yuqorida keltirilgan shartnomalarni imzolash huquqiga ega ekanligini tasdiqlaydi.
Shuningdek, tuzilayotgan shartnomaning shartlari platformada joylashtirilgan qo‘shimcha maʼlumotlar (mahsulotlar narxi, yetkazib berish xizmatlari narxi, mahsulot xususiyatlari va boshqalar) bilan belgilanadi, agar bu maʼlumotlar Isteʼmolchi rozi bo‘lgan mazkur ommaviy ofertaga zid bo‘lmasa.
Platformada keltirilgan barcha maʼlumot materiallari faqat maʼlumot olish uchun mo‘ljallangan, shuningdek ranglar, o‘lchamlar va shakllarni o‘z ichiga olgan mahsulotlarning xususiyatlari va tavsifi to‘g‘risida ishonchli maʼlumotlarni to‘liq va aniq yetkaza olmaydi, va ularning ishonchli ekanligi uchun Operator, Bajaruvchi va Kuryer javobgar emas.

  1. Asosiy tushunchalar.

    1. Mazkur oferta maqsadlari uchun quyidagi tushunchalar ishlatiladi:

      1. Oferta – platformada joylashtirilgan shartlar asosida Operator tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga foydalanish kelishuvi, chakana oldi-sotdi shartnomasi va yetkazib berish xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani tuzish to‘g‘risidagi ommaviy taklifi bo‘lgan mazkur hujjat.

      2. Operator – “YEMAK” MCHJ (manzili va bank rekvizitlari mazkur ofertaning 10-moddasida ko‘rsatilgan).

      3. Platforma – mulk huquqi asosida Operatorga tegishli bo‘lgan, tezkor izlash va buyurtma berish servisiga kirish xizmatlarini ko‘rsatish platformasi sifatida foydalaniladigan (maʼlumotlarni qabul qilish va ishlov berish) Veb-sayt (quyidagi manzil bo‘yicha joylashgan: https://yemak.uz/), mobil ilova (Yemak) va Telegram-bot (@YemakBot).

      4. Aksept – isteʼmolchi tomonidan ushbu oferta shartlarini to‘liq va so‘zsiz qabul qilinishi.

      5. Isteʼmolchi – Operator platformalari yoki koll-markazi orqali, ushbu ommaviy ofertada ko‘rsatilgan xizmatlardan, o‘zi va/yoki oila aʼzolariga, va/yoki boshqa uchinchi shaxs uchun xizmatlar qabul qilish istagida bo‘lgan va ofertani aksept qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs.

      6. Mahsulot – platformada sotuvga qo‘yilgan va fuqarolik huquqlarining obyekti bo‘la oladigan ashyolar, shu jumladan, xususiy va turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolar, bo‘linadigan va bo‘linmaydigan ashyolar, isteʼmol qilinadigan va isteʼmol qilinmaydigan ashyolar, asosiy va mansub ashyolar, murakkab ashyolar.

      7. Buyurtma – ushbu ommaviy oferta shartlariga muvofiq, platformada joylashtirilgan assortiment va narxlarga muvofiq, Isteʼmolchining mahsulot assortimentini xarid qilish va xizmatlardan (yetkazib berish va h.k.) foydalanish to‘g‘risidagi so‘rovi.

      8. Buyurtma shartlari – mahsulot narxi, yetkazib berish xizmatining narxi, ommaviy ofertaning ijrosi bilan bog‘liq boshqa xarajatlar, shuningdek joy, vaqt, assortiment, xususiyatlar, miqdor va boshqa yetkazib berish shartlari.

      9. Bajaruvchi – umumiy ovqatlanish muassasasi (restoran, kafe va boshqalar), mahsulotni ishlab chiqaruvchi va yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi, va buyurtmani bajarish jarayonida Operator bilan hamkorlik qiluvchi – jismoniy va yuridik shaxslar.

      10. Kuryer – Buyurtma shartlariga muvofiq Isteʼmolchiga mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha kuryerlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi va Operator bilan hamkorlik qiluvchi boshqa shaxs.

      11. Shaxsiy kabinet – Operator tomonidan Isteʼmolchiga ro‘yxatdan o‘tish orqali, buyurtmalar berish uchun taqdim etiladigan platformalardagi funksiya. Shaxsiy kabinetdagi shaxsiy maʼlumotlarni, Isteʼmolchi ixtiyoriy ravishda kiritadi.

    2. Shartnoma maqsadi.

      1. Operator Buyurtmachiga platformada mahsulotlarni tezkor qidirish va buyurtma amalga oshirish uchun yetarli bo‘ladigan huquqni berish majburiyatini oladi, shu bilan birga Isteʼmolchi o‘zining shaxsiy maʼlumotlarga ishlov berishga rozilik beradi va mazkur buyurtma va oferta shartlarida belgilangan narxni qabul qilish va to‘lash majburiyatini oladi.
        Rasmiylashtirilgan buyurtma shartlariga muvofiq mahsulotni realizatsiya qilish va uni yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bajaruvchi va/yoki Kuryerda paydo bo‘ladi.

      2. Operator ushbu ommaviy ofertaga bir tomonlama o‘zgartirish kiritish huquqini o‘zida qoldiradi, shu sababli Isteʼmolchi “Oferta” bo‘limida joylashtirilgan shartlarning o‘zgarishini doimiy ravishda kuzatib borishga majbur.

      3. Isteʼmolchi mazkur ofertaga nisbatan akseptni quyidagi harakatlardan birini amalga oshirish yo‘li bilan tasdiqlaydi:

        1. Operator platformasida ro‘yxatdan o‘tgan holda;

        2. Operator koll-markazida buyurtma rasmiylashtirgan holda.

      4. Mazkur oferta aksept qilinganligi fakti, mazkur shartnoma yuridik kuch berilganligini, yaʼni Isteʼmolchi Operator, Bajaruvchi va/yoki Kuryer bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishganligini anglatadi.

      5. Operator tomonidan mahsulotning narxi bir tomonlama o‘zgartirilishi mumkin. Operator platformasida ko‘rsatilgan mahsulotning narxi buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida amal qiladi. Bunday holda, Isteʼmolchi tomonidan buyurtma qilingan mahsulotlar narxi o‘zgarishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

      6. Sotilayotgan mahsulot va yetkazib berish uchun chegirmalar va aksiyalar davriy, vaqtinchalik xususiyatga ega. Chegirmalar va aksiyalar muddati, o‘tkazish vaqti, assortimenti, yetkazib berish shartlari, hajmi, narxlari va boshqa shartlar Operatorning tanlovi va qaroriga binoan bir tomonlama belgilanadi.

    3. Tomonlar huquq va majburiyatlari.

      1. Operator majburiyatlari:

        1. Ro‘yxatdan o‘tgan Isteʼmolchiga buyurtma rasmiylashtirish uchun platformaga kirish imkoniyatini berish;

        2. Isteʼmolchining shaxsga doir maʼlumotlarini himoyasini taʼminlash;

        3. Mazkur ofertada ko‘rsatilgan boshqa majburiyatlar.

      2. Operator huquqlari:

        1. Alkogolli ichimliklar va/yoki giyohvand moddalar isteʼmol qilingan deb taxmin qilingan Isteʼmolchilarning buyurtmalarini qabul qilmaslik va/yoki ularni bajarmaslik;

        2. Reklama va boshqa maʼlumotlarni yuborish usullarini, ularning ketma-ketligini va miqdorini, shu jumladan SMS-lar, messenjerlar (WhatsApp, Telegram), push-xabarnomalarni, elektron pochtani ishlatish yo‘li bilan mustaqil va bir tomonlama tanlash;

        3. Operatorda Isteʼmolchi shaxsiy kabinetda yoki ro‘yxatdan o‘tish paytida noto‘g‘ri, to‘liqsiz yoki noaniq maʼlumotlar taqdim etganlikda gumon qilishga asos bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishni rad etish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni to‘xtatish/bekor qilib, ushbu oferta bo‘yicha xizmatlarni taqdim etishni rad etish;

        4. Mazkur oferta bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishda, oldindan ogohlantirmasdan va sabablarini tushuntirmasdan, agar mavjud bo‘lsa, qarzlar uchun zarur bo‘lgan hisob-kitoblarni amalga oshirgan holda, bir tomonlama rad etish;

        5. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini yoki uchinchi shaxslarning huquqlari va manfaatlarini buzadigan sharhlarni, izohlar va nashrlarni, o‘chirib tashlash;

        6. Isteʼmolchining shaxsga doir maʼlumotlari bilan statistik maqsadlarda foydalanish;

        7. Mazkur ofertada ko‘rsatilgan boshqa huquqlar.

      3. Isteʼmolchining majburiyatlari:

        1. Shaxsiy maʼlumotlarni (ro‘yxatga olish maʼlumotlarini) o‘z ichiga olgan har qanday shaklni platformada to‘ldirganda, Isteʼmolchi ishonchli maʼlumotlarni taqdim etishni va agar bunday maʼlumotlar o‘zgargan bo‘lsa, ro‘yxatga olish maʼlumotlariga kerakli o‘zgartirishlarni kiritishni o‘z zimmasiga oladi;

        2. Platformada ko‘rsatilgan barcha shartlar bilan tanishib chiqish, va buyurtmani faqatgina shartlar bilan rozi bo‘lgan taqdirdagina rasmiylashtirish;

        3. Bajaruvchi yoki Kuryerdan buyurtma qilingan mahsulotni qabul qilib olish. Naqd pul bilan to‘lov amalga oshirilganda - ilova qilingan kassa va/yoki savdo chekiga muvofiq uning narxini to‘lash va mahsulotni yetkazib berish uchun haq miqdorini (agar mavjud bo‘lsa), hamda buyurtma shartlariga muvofiq boshqa to‘lovlarni to‘lash;

        4. Foydalanuvchi login va paroli bilan ruxsatsiz kirish va/yoki boshqa xavfsizlikni buzish holatlari to‘g‘risida darhol Operatorga xabar berish. Aks holda, har bir Buyurtma va platformaga kirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri Isteʼmolchi tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanadi;

        5. Buyurtma shartlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni faqatgina Isteʼmolchi nomidan buyurtmani qabul qilib oladigan shaxslargagina aytish;

        6. Platformaga hech qanday o‘zgartirish kiritmaslik, shuningdek, Operator bilan kelishilmagan reklamalarni joylashtirish va spam-xabarlarni yuborish uchun platforma xizmatidan foydalanmaslik;

        7. Platforma bilan faqatgina mazkur oferta maqsadlariga mos ravishda foydalanish;

        8. Mazkur ofertada ko‘rsatilgan boshqa majburiyatlar.

      4. Isteʼmolchi huquqlari:

        1. Isteʼmolchi tomonidan buyurtma tasdiqlanganidan boshlab mazkur buyurtma Bajaruvchi yoki Kuryer tomonidan yetkazilguniga qadar, Isteʼmolchi buyurtmani o‘zgartirish niyati yo‘q ekanligini tasdiqlaydi;

        2. Isteʼmolchi agar yetkazib berilgan mahsulot buyurtmaga muvofiq bo‘lmasa, buyurtmadan voz kechishga haqli;

        3. Bank kartasi rekvizitlarini, keyinchalik onlayn-to‘lov amalga oshirish maqsadida kiritish;

        4. Mazkur ofertada ko‘rsatilgan boshqa huquqlar.

    4. Buyurtmani rasmiylashtirish tartibi.

      1. Buyurtmani rasmiylashtirish uchun Isteʼmolchi Operatorning platformasida ro‘yxatdan o‘tishi va shaxsiy kabinetga kirishi yoki koll-markaziga qo‘ng‘iroq qilishi lozim.

      2. Platforma orqali buyurtma to‘g‘ri rasmiylashtirilgandan so‘ng, Isteʼmolchi buyurtma qabul qilinganligi to‘g‘risida xabarnoma qabul qiladi. Buyurtma shartlarini aniqlashtirish maqsadida 1-5 daqiqa ichida buyurtmada ko‘rsatilgan raqam orqali Bajaruvchi yoki Kuryer Isteʼmolchi bilan bog‘lanadi. Bajaruvchi yoki Kuryer 1-5 daqiqa ichida Isteʼmolchi bilan bog‘lanmagan taqdirda, Isteʼmolchi mustaqil ravishda Operator bilan platformada ko‘rsatilgan raqam orqali bog‘lanishi kerak.

      3. Bajaruvchi yoki Kuryer buyurtmaning shartlarini kelishish va tasdiqlash maqsadida buyurtmada ko‘rsatilgan telefon raqami orqali Isteʼmolchi bilan bog‘lanadi. Bunda Isteʼmolchi shartlar bilan kelishib, buyurtmani ko‘rsatilgan muddatda qabul qilishga yoki buyurtmani bekor qilishga haqli.

      4. Bajaruvchida buyurtma qilingan mahsulotlar mavjud bo‘lmasa yoki unga bog‘liq bo‘lgan va bo‘lmagan sabablarga ko‘ra buyurtma shartlarini bajara olmagan hollarda buyurtmani to‘liq yoki qisman bekor qilishga (rad etishga) haqli bo‘lib, bu haqda isteʼmolchiga ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan telefon raqamiga xabar yuborish orqali yoki Bajaruvchi uchun qulay bo‘lgan boshqa usulda xabar beradi.

      5. Mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar Bajaruvchining zimmasida, agar Bajaruvchida kuryerlik xizmati bo‘lmasa, mahsulotni yetkazib berish majburiyati Bajaruvchidan mahsulotni qabul qilib olgan Kuryerga o‘tadi.

      6. Mazkur ofertaga muvofiq mahsulotni yetkazib berayotgan Bajaruvchi yoki Kuryer, mahsulotni buyurtma shartlariga muvofiq yetkazilishini taʼminlaydi.

    5. Shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligi va himoyasi.

      1. Platformada ro‘yxatdan o‘tishda Isteʼmolchi quyidagi maʼlumotlarni majburiy tarzda taqdim etishi kerak: unga kirish uchun vaqtinchalik kod yuboriladigan telefon raqami, shuningdek familiyasi va ismi. Shuningdek, shaxsiy kabinetga kirishda boshqa qo‘shimcha maʼlumotlar so‘ralishi mumkin.

      2. Platformada ro‘yxatdan o‘tishda o‘z shaxsiy maʼlumotlarini taqdim etish orqali Isteʼmolchi O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar to‘g‘risida”gi qonuni doirasida, shu jumladan, Operatorning qaroriga binoan mahsulotni va xizmatlarni yuritish (reklama qilish) maqsadida Operator tomonidan ularni ishlov berishga rozilik beradi.

      3. Operator maʼlumotlarni quyidagi maqsadlarda ishlatadi:

        • Isteʼmolchini platformada ro‘yxatdan o‘tkazish uchun;

        • Isteʼmolchi oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarish uchun;

        • Isteʼmolchidan mulohazalar olish, platforma ishini baholash va tahlil qilish;

        • Operator tomonidan o‘tkaziladigan aksiyalarda g‘olibni aniqlash uchun.

      4. Operator ushbu ofertani amalga oshirish jarayonida olingan shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash va Isteʼmolchining roziligisiz ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

      5. Operator, Bajaruvchi va Kuryerning Isteʼmolchi oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun Bajaruvchiga, Kuryerga yoki boshqa uchinchi shaxsga Isteʼmolchining shaxsiy maʼlumotlarini taqdim etishi shaxsga doir maʼlumotlarni ro‘yxatdan buzilishi deb hisoblanmaydi.

      6. Maʼlumotlarni oshkor qilish O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining asosli va amaldagi talablariga muvofiq ravishda oshkor qilinishi majburiyatlarning buzilishi deb hisoblanmaydi.

      7. Agar Operator tomonidan Isteʼmolchining shaxsiy kabineti yoki shaxsga doir boshqa maʼlumotlarini uchinchi shaxs yoki zararli dasturiy taʼminotlar tomonidan ishlatilishda shubha tug‘ilsa, Operator platformaga kirishni bir tomonlama cheklash huquqiga ega.

    6. Yetkazib berish va toʻlov.

      1. Buyurtmani yetkazib berish Operatorning platformasida ko‘rsatilgan ishlash jadvali va buyurtma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Buyurtmaning narxi buyurtma shartlariga muvofiq belgilanadi.

      2. To‘lovni O‘zbekiston Respublikasi so‘mida quyidagi yo‘llardan birida amalga oshirish mumkin (buyurtma to‘lovini amalga oshirishda birdaniga bir nechta to‘lov yo‘llaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi):

        • Naqd to‘lov: belgilangan summa Isteʼmolchidan Bajaruvchi yoki Kuryerga beriladi. Isteʼmolchiga kassa cheki qog‘oz yoki elektron shaklda beriladi;

        • Shaxsiy kabinetda Isteʼmolchi tomonidan bank karta maʼlumotlari kiritilgan taqdirda, bank hisob raqamidan pul o‘tkazish yo‘li bilan platformada bank kartasi orqali onlayn to‘lov amalga oshirish. Bank kartasi orqali to‘lov bevosita buyurtma rasmiylashtirilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

      3. Isteʼmolchida rasmiylashtirilgan buyurtmani qabul qilib olish imkoniyati bo‘lmaganda, buyurtma buyurtma shartlari (buyurtma raqami va/yoki Isteʼmolchining FISH) haqida maʼlumot bera oladigan, shuningdek buyurtmani yetkazib berayotgan Bajaruvchi yoki Kuryerga buyurtma narxini to‘liq to‘lay oladigan (agar to‘lov avvaldan amalga oshirilgan bo‘lmasa) boshqa shaxsga beriladi.
        Buyurtmani boshqa shaxs qabul qilib olsa, buyurtma shartlari haqida maʼlumot boshqa shaxslarga tushib qolganligi uchun javobgarlikni mazkur ofertaning 3.3.5 bandiga muvofiq Isteʼmolchi o‘z bo‘yiniga oladi.

      4. Firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, buyurtmani onlayn to‘lov orqali bank kartasi bilan to‘lashda, buyurtmani yetkazib berayotgan Kuryer, Isteʼmolchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini bank kartasida ko‘rsatilgan maʼlumotlar bilan taqqoslash uchun talab qilishga haqlidir.

      5. Mahsulot Isteʼmolchiga (shuningdek, rasmiylashtirish paytida ko‘rsatilgan manzilda buyurtmani qabul qilgan har qanday shaxsga) yetkazib berilgandan boshlab Operator, Bajaruvchi va Kuryerning ushbu oferta bo‘yicha majburiyatlari to‘liq bajarilgan hisoblanadi.

    7. Mahsulotni qaytarish.

      1. Bajaruvchi yoki Kuryer tomonidan majburiyatlarning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda, yetkazib berilgan mahsulotdan bosh tortilgan taqdirda, Isteʼmolchi qaytarilgan mahsulotning buyurtma shartlari bo‘yicha belgilangan barcha xarajatlarni belgilangan miqdorda qoplashni o‘z zimmasiga oladi.

      2. Isteʼmolchi alohida ko‘rsatilgan xususiyatlarga ega bo‘lgan sifatli mahsulotdan, agar ko‘rsatilgan mahsulotdan faqat uni sotib olgan Isteʼmolchi foydalanishi mumkin bo‘lsa, qabul qilishdan bosh tortishga haqli emas.

      3. Isteʼmolchi mahsulotni qabul qilish paytida yoki agar mahsulot yetkazib berilmagan bo‘lsa, buyurtma topshirilishi kerak bo‘lgan paytdan boshlab 4 soat ichida Operator, Bajaruvchi yoki Kuryer tomonidan majburiyatlarning buzilganligi sababli mahsulotdan voz kechishga, shuningdek topshirilgan mahsulotning sifatsizligi aniqlanganda uni tegishli sifatli mahsulot bilan almashtirishni yoki sotib olish narxining mutanosib ravishda pasayishini talab qilishga haqli. 

      4. Mazkur ofertaning 4.4. va 7.3. bandlarida ko‘rsatilgan hollarda, agar belgilangan summa Isteʼmolchi tomonidan to‘langan bo‘lsa, pul mablag‘lari to‘lov amalga oshirilgan shaklda (bank kartasi orqali to‘langan taqdirda aynan shu bank kartasiga qaytarish) yoki Operator uchun qulay boshqa usulda 5 (besh) bank kunida qaytarib beriladi. Mazkur ofertada belgilanmagan barcha boshqa hollarda Isteʼmolchi tomonidan to‘langan pul mablag‘lari qaytarilmaydi.

    8. Javobgarlik.

      1. Operator quyidagilar uchun javobgar bo‘lmaydi:

        • buyurtmani joylashtirish paytida Isteʼmolchi tomonidan taqdim etilgan, shuningdek Platformada Bajaruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning aniqligi va to‘g‘riligi;

        • mahsulotlardan noto‘g‘ri foydalanishi va/yoki Isteʼmolchining sog‘lig‘i uchun foydalanish/isteʼmol qilish taqiqlangan hollarda salbiy oqibatlarga olib kelishi yoki tibbiyot muassasalari tomonidan Isteʼmolchiga isteʼmol qilish maslahat etilmagani (diyeta) sababli, Isteʼmolchiga yetkazilgan har qanday zarar;

        • o‘zgalar tomonidan qoldiriladigan izoh va sharhlar;

        • isteʼmolchi login va paroli yoki uning buyurtmasi shartlari uchinchi shaxsga maʼlum bo‘lishi natijasida Isteʼmolchiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar;

        • yetkazib beriladigan mahsulotning sifati va kechikishi, tizimdagi uzilishlar, noto‘g‘ri yoki kech yetkazib berilishi, shuningdek to‘lov tizimlari ishlamay qolishi, shuningdek buyurtmani rasmiylashtirishda tizim ishlamay qolishi;

        • bajaruvchining yoki Kuryerning Isteʼmolchi oldidagi majburiyatlarini bajarishi/bajarmasligi, shuningdek ular tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning to‘g‘riligi;

      2. Har qanday holatda, ushbu oferta qoidalaridan kelib chiqadigan yoki uning bajarilishi munosabati bilan operator javobgarligining hajmi (miqdori) zarar yetkazilgan kuni O‘zbekiston Respublikasida belgilangan Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmasligi kerak.

      3. Operator faqatgina bir tomondan Isteʼmolchi va boshqa tomondan Bajaruvchi va/yoki Kuryer o‘rtasidagi axborot aloqasi hisoblanadi.

    9. Yakuniy qoidalar.

      1. ​​​​​​​Platformada ko‘rsatilgan barcha matnli maʼlumot va grafik suratlar Operator va/yoki uning kontragentlarining mulki hisoblanadi.

      2. Mazkur oferta rasmiy hujjat hisoblanadi. Barcha qo‘shimcha va ilovalar uning ajralmas qismi hisoblanadi.

      3. Sud tomonidan mazkur ommaviy ofertaning qoidalari va uning shartlarining biron bir qoidasi haqiqiy emas deb topilishi, qolgan qoidalarning haqiqiy emas deb topilishiga olib kelmaydi.

      4. Mazkur oferta bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan o‘zbek va rus tillarida tuzilgan. Mazkur ikki matni o‘rtasida nomuvofiqlik yuzaga kelgan taqdirda, o‘zbek tilidagi matn ustunlikka ega.

      5. Mazkur oferta va unda ko‘rsatilmagan boshqa barcha savollar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.

      6. Tomonlar majburiyatlarini bajarilishidan kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar yo‘li bilan (platformada ko‘rsatilgan telefon raqamlari orqali Operator bilan bog‘lanish orqali) yoki eʼtiroz tartibida hal qilinadi. Agar nizolarni va kelishmovchiliklarni muzokaralar yoki eʼtiroz tartibida 10 (o‘n) kun ichida hal qilishning iloji bo‘lmasa, Tomonlar o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun vakolatli davlat organlariga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

    10. Operator rekvizitlari

      1. Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik MFY, Mustaqillik ko'chasi, 103-uy.

      2. STIR: 311038333

      3. X/r: 20208000905739380001

      4. Bank: AT "Aloqabank" Toshkent shahar bosh ofisi

      5. Bank kodi: 00401

Oxirgi yangilanish: 19-dekabr, 2025, 00:47 · Versiya 1